09:30 / 09.09.2021
1 962

Turk aktrisasi Hazal Kaya «Marashli» seriali ijodkorlarining yangi loyihasida ishtirok etadi

Turk aktrisasi Hazal Kaya «Marashli» seriali ijodkorlarining yangi loyihasida ishtirok etadi
Foto: Milliyet
Turk kinosanoati vakillari tomonidan suratga olingan «Marashli» seriali eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri bo‘lgan edi. Alina Boz va Burak Deniz juftlik rolini gavdalantirgan serial muxlislar mehriga sazovor bo‘lganiga qaramay, bir qator sabablarga ko‘ra muddatidan avval tugatilgan. Ammo bu bilan to‘xtab qolmagan serial ijodkorlari tamoman yangi serial taqdim qilishni rejalashtirgan.

Turkiyaning Fox Tv telekanalida efirga uzatiladigan serial Med Production kanali tomonidan suratga olinadi. Arda Sarigun rejissyorlik qiladigan mazkur loyihada bir muddat ijodiy tanaffus qilgan aktrisa Hazal Kaya bosh qahramon rolini ijro qiladi. Shuningdek, yangi ijod namunasida tomoshabinlar «Uyg‘onish: Buyuk Saljuqiy»dagi roli bilan ma’lum bo‘lgan Bugra Gulsoyni ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Yangi loyiha Yaponiyada suratga olingan «Sevgi hikoyasi» (A love story) serialiga adaptatsiya bo‘ladi. Aslida Med Yapim rahbari Fatih Aksoy 2018 yildayoq ushbu serialni ekranlashtirishni mo‘ljallagan, ammo bu amalga oshmagan. Shunga qaramay, yangi mavsumda tomoshabinlar uni ekranlarda ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Tanqidchilar oldindan biror narsa deyishga shoshilmaydi, fikrlar ilk epizodlardan keyin bildiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktrisasi Hazal Kaya «Marashli» seriali ijodkorlarining yangi loyihasida ishtirok etadi