Samarqandda ikki qizga zo‘ravonlik qilgan ayol jazolandi

1 daqiqa o'qish196
Samarqandda ikki qizga zo‘ravonlik qilgan ayol jazolandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Samarqand viloyati Toyloq tumanida vasiylikdagi 8 va 6 yoshli opa-singilga muntazam zo‘ravonlik qilgan ayol jazolandi.
  • Ayol bolalarni uy yumushlariga majburlab, ularga qo‘l ko‘targani hamda ularning tanasida yengil tan jarohatlari aniqlangani sudda isbotlandi.
  • Sud-tibbiy ekspertizasi natijasida aniqlangan jarohatlar va ayolning o‘zi tomonidan tasdiqlangan videotasvirlar asosida ayol Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topildi.

Samarqand viloyati Toyloq tumanida vasiyligida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan qizga muntazam ravishda zo‘ravonlik qilgan ayolga sud hukmi o‘qildi. U bolalarni uy yumushlariga majburlagani va ularga qo‘l ko‘targani aniqlangan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 8 va 6 yoshli opa-singil 2025 yil 24 sentyabrda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qarori bilan mazkur ayol vasiyligiga berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qizlarning onasi sudlanuvchi bilan bir mahallada yashagan va ular uzoq yillardan buyon tanish bo‘lgan. 2021 yilda ayolning eri uni uydan haydab yuborgach, u ikki farzandi bilan sudlanuvchining xonadonida yashay boshlagan.

2025 yil sentyabr oyida esa bolalarning onasi ishlash maqsadida Turkiyaga ketgan va qizlarini shu yerda qoldirgan. Sudda ma’lum bo‘lishicha, ona xorijga ketganidan keyin vasiy ayolning bolalarga munosabati o‘zgargan.

Qizlardan biri sudda ayol ularning aytganini qilmagan paytda ularga qo‘l ko‘targanini aytgan. Sudlanuvchining o‘zi ham bolalarni turtib, yig‘layotgan paytlarini videoga olgani va ushbu tasvirlarni ularning xorijdagi onasiga yuborganini tan olgan.

Ayolning bildirishicha, u bu orqali bolalarning onasiga rahmi kelib, ularni olib ketishini istagan.

Sud-tibbiy ekspertizasi natijasida opa-singilning tanasida qontalashlar aniqlangan. Mutaxassislar ushbu jarohatlarni yengil tan jarohati sifatida baholagan.

Holat ma’lum bo‘lgach, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va ichki ishlar xodimlari bolalarni ayolning qaramog‘idan olib, Toyloq tumanidagi oilaviy bolalar uyiga joylashtirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudi ayolni Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?