1 982
Turk aktrisasi Hazal Kaya «Marashli» seriali ijodkorlarining yangi loyihasida ishtirok etadi
Foto: Milliyet
Turk kinosanoati vakillari tomonidan suratga olingan «Marashli» seriali eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri bo‘lgan edi. Alina Boz va Burak Deniz juftlik rolini gavdalantirgan serial muxlislar mehriga sazovor bo‘lganiga qaramay, bir qator sabablarga ko‘ra muddatidan avval tugatilgan. Ammo bu bilan to‘xtab qolmagan serial ijodkorlari tamoman yangi serial taqdim qilishni rejalashtirgan.
Turkiyaning Fox Tv telekanalida efirga uzatiladigan serial Med Production kanali tomonidan suratga olinadi. Arda Sarigun rejissyorlik qiladigan mazkur loyihada bir muddat ijodiy tanaffus qilgan aktrisa Hazal Kaya bosh qahramon rolini ijro qiladi. Shuningdek, yangi ijod namunasida tomoshabinlar «Uyg‘onish: Buyuk Saljuqiy»dagi roli bilan ma’lum bo‘lgan Bugra Gulsoyni ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Yangi loyiha Yaponiyada suratga olingan «Sevgi hikoyasi» (A love story) serialiga adaptatsiya bo‘ladi. Aslida Med Yapim rahbari Fatih Aksoy 2018 yildayoq ushbu serialni ekranlashtirishni mo‘ljallagan, ammo bu amalga oshmagan. Shunga qaramay, yangi mavsumda tomoshabinlar uni ekranlarda ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Tanqidchilar oldindan biror narsa deyishga shoshilmaydi, fikrlar ilk epizodlardan keyin bildiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?