14-15 sentabr kunlari Madaniy meros haftaligi doirasida Xiva shahrida «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu madaniy forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan yana bir muhim voqea sifatida TURKSOYga a’zo bo‘lgan davlatlar madaniyat vazirlari doimiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida «Xiva - Turk dunyosining madaniy poytaxti» doirasidagi tadbirlar haqida hisobot, 2022 yil turk dunyosining madaniy poytaxti taqdimoti, shuningdek, 2021-2024 yillar uchun TURKSOY Bosh kotibi saylovi o‘tkaziladi.
Xivada, shuningdek, «Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir YUNESKO shafeligida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar tomonidan arxeologik merosni boshqarish va geomadaniy brending, fundamental va amaliy ilm-fandagi arxeologik meros va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
O‘zbekiston Prezidenti va hukumati qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkazilayotgan Madaniy meros haftaligi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan, YUNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, «Eriell Group» neft servis kompaniyasi ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda