O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentabrdan 3 oktabrgacha «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, bu yil XIII marta o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Ipak yo‘li durdonasi» nomi bilan qayta tiklandi va Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yildan boshlab, har yili muntazam ravishda o‘tkaziladi.
Bu yilgi Toshkent xalqaro kinofestivali «Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun» shiori ostida va «Festivallar festivali» formatida o‘tkaziladi.
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Shulardan biri, yosh kinoijodkorlar uchun «Kino 5 kunda» tanlovi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda dunyoning 22 mamlakatidan kelgan yosh rejissyorlar «Buyuk ipak yo‘li» mavzusida qisqa metrajli filmlarni suratga olishadi hamda tayyor filmlarni «Yangi avlod kinosi» festivali doirasida namoyish qilishadi.
Shuningdek, kinofestival doirasida 13 ta davlatning kino kunlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. 29 sentabrdan boshlab, mamlakatning barcha kinoteatrlarida filmlar namoyishi boshlanadi. Har bir mamlakat o‘z filmlarini O‘zbekistonning turli hududlari bo‘ylab namoyish etadi.
Jahon kinosi kunlarida namoyish qilish uchun hozirga qadar 150 ta film taqdim etilgan. Ularning asosiy qismi o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan ko‘rsatiladi.
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik bitimlari imzolanishi, Kinematografiya agentligi va Rossiya kinokompaniyalari bilan hamkorlikda suratga olingan «Baron-2», «Quyosh ta’mi», «Parining sovg‘asi» singari kinofilmlar namoyish qilinishi kutilmoqda.
XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga chet el mamlakatlaridan 150ga yaqin mashhur kinoijodkorlar tashrif buyuradi. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, xalqaro kinofestival, tashkilot hamda distribyutor kompaniyalarning vakillari o‘rin olgan. Festival davomida ushbu taniqli rejissyorlar va aktyorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslari va brifinglar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai