Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish to‘liq ishga tushdi

1 daqiqa o'qish1.5K
Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish to‘liq ishga tushdi
Adliya vazirligi tomonidan hukumat qaroriga asosan O‘zbekiston hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qo‘yish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Birinchi bosqichda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga doir ta’lim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish mumkin edi.

Endilikda:
  • tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • boshqa rasmiy hujjatlarga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushdi.

Murojaatlar davlat xizmatlari markazlari va «Yagona portal» orqali qabul qilinadi. So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan BHM 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasi 90 foizi undiriladi.

So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) ko‘rib chiqiladi. Rasmiy hujjatga elektron apostil qo‘yish bilan bog‘liq barcha jarayonlar «E-App» va «E-register» dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda apostil qo‘yish rad etiladi:
  • rasmiy hujjatda zarur rekvizitlar hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslar imzolari hamda muhr, shtamplar haqiqiy emasligi aniqlansa;
  • rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?