16:47 / 14.09.2016
11 886

Islom Karimovning rahbarlarga nasihati

Islom Karimovning rahbarlarga nasihati

Yurtboshimiz xotirasi qalbimizda barhayot. Islom Karimov tomonidan aytilgan eng yorqin iboralarni sputnik nashri to‘plab e’lon qildi.

RAHBARLARGA NASIHAT

«Agar har bir kishi o‘z joyida, o‘z xizmati doirasida qonunga amal qilib yashashni hayot tarziga, mehnatga munosabatning axloq normalariga aylantira olsagina ortiqcha nazoratga hojat qolmaydi».

«Men sizlardan faqat bir narsani iltimos qilmoqchiman: ko‘proq odamlar orasida bo‘linglar, xalqning turmushidan, hol-ahvolidan xabar olib turinglar. Ayniqsa, muhtojlarning, etim-esir, beva-bechoralarning, ehtiyojmand oilalarning muammolari Navro‘z yoki Hayit kunlaridagina emas, doimiy e’tiboringizda bo‘lsin».

«Xudo bizga qo‘ygan talab bitta — iymonli bo‘lish, halol yashash va halol mehnat qilish. Har qaysi inson qayerda bo‘lmasin va qaysi vazifani bajarmasin, u viloyat rahbarimi, tuman hokimimi, xo‘jalik yoki korxona rahbarimi, oddiy kosib yoki oddiy dehqonmi — martabasi va kasbidan qat’i nazar, o‘zini harom-xarish ishlardan tiysin va o‘z joyida o‘z vazifasini halol bajarsin».

VATAN VA XALQ HAQIDA

«Menga yuksak ishonch bildirgan ona xalqimga bosh egib, yana va yana bir bor ta’zim qilaman. Mana shunday olijanob, bag‘rikeng xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan xizmat qilish - men uchun eng yuksak sharaf, oliy saodatdir!»

«Harakatlar deymiz, tashvishlar deymiz, qancha-qancha qiyinchiliklar boshimizdan o‘tdi. Hammasi nima uchun? Kim uchun? Inson uchun, millat uchun, kelajagimiz uchun!!!»

«Men hech narsadan qo‘rqmayman. Nega deganda, hayotimizni shunday relsga qo‘yamizki, uning o‘z manzili bor. Bu manzil — erkinlik, ozodlik va barqaror yashash…»

«Yana va yana bir bor aytishni o‘zimning burchim, deb bilaman — O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy blokka qo‘shilmaydi, o‘z hududida chet el harbiy bazalarini joylashtirishga, bizning harbiylarimizning mamlakatimiz tashqarisida bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi».

«Hammamiz bir yurtning farzandimiz, O‘zbekiston — vatanimiz uchun jon kuydirib yashab, mehnat qilishimiz, muammolarni birgalashib hal qilishimiz zarur. Mahallalarni, qishloqlarni, tumanlarni, qolaversa, viloyatlarni bir-biridan ajratishga, «Mening kindik qonim falon mahallada yoki dahada to‘kilgan!» deb yurishga hech kimning haqqi yo‘q! Endi ana shu kasallikdan qutulish kerak!

Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizni bitta manfaat birlashtiradi: mustaqil O‘zbekiston manfaatlari! Ana shu buyuk maqsad, oliy manfaat yo‘lida birlashib kurashishimiz kerak».

VATANPARVARLIK TUYG‘USI HAQIDA

«Vatan hissi, Vatan tuyg‘usi barcha narsadan qadrliroqdir. Biz farzandlarimiz ongiga va qalbiga ana shu tuyg‘uni singdirishimiz lozim. Bizning barchamiz ota ekanligimizni, ona ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Har bir ota-ona uchun farzand kamoli, oilasining shon-shuhrati muqaddas orzu-havas hisoblanadi. Shunday ekan, biz kelgusi avlod barkamolligi uchun, o‘g‘il-qizlarimizning ulug‘ ajdodlarimizga xos oqil va yuksak madaniyatli kishilar bo‘lishlari uchun doimo e’tibor bermog‘imiz kerak.»

Manba: diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Islom Karimovning rahbarlarga nasihati