Oʻzbekistonda pullik tezkor avtomagistral quriladi

1 daqiqa o'qish1.6K
Oʻzbekistonda pullik tezkor avtomagistral quriladi
Oʻzbekistonda Toshkent – Andijon yoʻnalishida pullik tezkor avtomagistral barpo etiladi. Ushbu yoʻl ikki shahar orasidagi safar vaqtini 5 soatdan 3 soatgacha qisqartiradi.

3-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik transport infratuzilmasi loyihalari, jumladan, Toshkent – Andijon yoʻnalishidagi muqobil avtomobil yoʻlining qurilishi boʻyicha hisobot bilan tanishdi.

Loyiha Jahon banki koʻmagida ishlab chiqilgan boʻlib, magistralning umumiy uzunligi 314 kilometrni tashkil etadi. Yangi yoʻl faqat tezlikni oshirish bilan cheklanmay, balki mamlakatning yalpi ichki mahsulotini 2,6 % ga oshirish va yoʻl-transport hodisalarini 40 % ga kamaytirishga ham xizmat qiladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida xalqaro tender e'lon qilindi va u yetakchi xorijiy kompaniyalarning qiziqishiga sabab boʻldi.

Majlisda faqat ushbu yoʻl emas, balki boshqa muqobil magistrallar ham muhokama qilindi. Prezident Transport vazirligiga tirband yoʻnalishlarda yangi yoʻllar qurish, yoʻllarning sifatini yaxshilash va pullik xizmatlarni joriy etish boʻyicha qoʻshimcha loyihalar ishlab chiqishni topshirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?