03:06 / 25.02.2025
55

Toshkentda havo sifati qachondan yaxshilanadi?

Toshkentda havo sifati qachondan yaxshilanadi?
Bugungi kunda Toshkentdagi havo sifati indeksining (AQI) darajasi 161 bo‘lib, “nosog‘lom” deb baholanmoqda. Havo ifloslanishining asosiy sababi PM2.5 zarrachalari bo‘lib, u hozirda 69.6 µg/m³ darajada qayd etilgan.

Prognozlarga ko‘ra, 25-fevral davomida havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda. Kechga borib AQI 60-70 oralig‘ida bo‘lib, “o‘rtacha” darajaga tushishi mumkin. 26-fevraldan boshlab esa havo sifati ancha yaxshi bo‘lishi, AQI 55-50 oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. 27-fevraldan esa AQI 29 darajaga tushib, “yaxshi” darajaga o‘tadi.

Mutaxassislar yog‘ingarchilik va shamol tufayli ifloslangan havo tozalanishini ta’kidlashmoqda. Shu sababli juma va shanba kunlari havo sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston