Hukumat qarori: akademik qarzi borlar o‘qishdan chetlashtiriladimi?

1 daqiqa o'qish604
Hukumat qarori: akademik qarzi borlar o‘qishdan chetlashtiriladimi?
O‘zbekistonda akademik qarzdorligi bor talabalarni o‘qishdan chetlatish masalasi muhokama qilinmoqda, deb Talimxabarlari.uz xabar berdi. Bu taklif Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishlab chiqqan Hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan bo‘lib, 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli qarorga o‘zgartirish kiritishni ko‘zda tutadi.

Loyihaga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydigan nizomning 42-bandidan "Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi" degan jumla chiqarib tashlanishi mumkin.

Talabalarni o‘qishdan chetlatish taklifiga qarshilar bor


"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" bu o‘zgarishga qarshi chiqdi. Ularning fikriga ko‘ra, akademik qarzdorlik tufayli talabani o‘qishdan chetlatish kredit-modul tizimi tamoyillariga zid. Loyiha ofisi talabalar akademik qarzdorlikni qayta topshirish, keyingi semestrda o‘zlashtirish yoki yangi fan bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligini taklif qildi.

Oliy ta’lim tizimi bo‘yicha ushbu taklif muhokama qilinmoqda va loyiha ayrim e’tirozlar inobatga olingan holda tasdiqlanishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?