date

O‘zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi

2026 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 milliard dollarga oshgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, davlat qarzining 39,8 milliard dollari tashqi, 7,2 milliard dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi. Qarz miqdorining asosiy o‘sishi tashqi qarzlar hisobidan ta’minlangan.

Tashqi qarzning 19,7 milliard dollari budjet taqchilligini qoplashga yo‘naltirilgan. Qolgan mablag‘lar esa yoqilg‘i-energetika sohasi, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, shuningdek sog‘liqni saqlash, ta’lim va axborot texnologiyalari kabi tarmoqlarga sarflangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yirik kreditorlari xalqaro moliya institutlari hisoblanadi. Jumladan, mamlakatning Jahon banki oldidagi qarzi 9,04 milliard dollar, Osiyo taraqqiyot banki oldidagi qarzi esa 8,3 milliard dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, davlat tashqi qarzining bir qismi Xitoy, Yaponiya va boshqa xorijiy moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 5,8 milliard dollar mablag‘ esa xalqaro obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi