Bolalarga nisbatan uyatsizlik uchun jazo kuchayadi

1 daqiqa o'qish587
Bolalarga nisbatan uyatsizlik uchun jazo kuchayadi
Bolalarni turli zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo ba’zida ijtimoiy tarmoqlarda bolalarga yoki voyaga yetmagan qizlarga nisbatan tegajog‘lik qilish, yoki Internet orqali ularga uyatsiz tasvirlar yuborish holatlari uchrab turadi. Endilikda bu kabi holatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi, deb Ta’lim xabarlari xabar berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet orqali uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlash harakatini bir yil ichida takroran sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Loyihaning qabul qilinishi bolalarni jinsiy erkinlik va bola savdosiga qarshi jinoyatlardan himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi. Bundan tashqari, bunday jinoyatlarni sodir etganlar qilgan ishiga mos ravishda jazolanadi va aliment to‘lamaganlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?