Piskentdagi texnik ko‘rik navbatlari yana muammo tug‘dirmoqda

1 daqiqa o'qish499
Piskentdagi texnik ko‘rik navbatlari yana muammo tug‘dirmoqda
Piskentdagi test poligonida avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun navbat olish bilan bog‘liq muammolar yana avj oldi, deb xabar bermoqda Nova24.uz. Holat yuzasidan Davlat ilmiy sinov va sifat nazorati markazi izoh berdi.

20–25 mart kunlari elektron navbat tizimiga bir xil IP-manzillardan juda ko‘p so‘rovlar yuborilgan. Bu esa tizimning ortiqcha yuklanishiga va firibgarlar tomonidan navbat sotilishi holatlariga olib kelgan. Ayrim fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda navbatdan tashqari o‘tish uchun 10 million so‘mgacha pul so‘ralayotganini bildirgan.

Biroq mutasaddilar bu xabarlarni rad etdi. Ularning aytishicha, bunday pul to‘lovi mavjud emas. Hozirda benzin va gibrid avtomobillar uchun sertifikatlash narxi 5,6 million so‘m, elektroavtomobillar uchun esa 4,48 million so‘mni tashkil etadi.

UzTest mutaxassislari tizim xavfsizligini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Shuningdek, firibgarlikka duch kelgan fuqarolar 1880 qisqa raqamiga murojaat qilishlari so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Antikorrupsiya agentligi ham Piskentdagi navbatlar bilan qiziqqan edi. Chunki ayrim avtomobil importchilari sertifikat olish jarayoni butun kunni olishini bildirgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?