O‘zbekistonda sayyohlar soni ilk bor 10 milliondan oshdi

1 daqiqa o'qish541
O‘zbekistonda sayyohlar soni ilk bor 10 milliondan oshdi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rasmiy kanaliga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasi sezilarli darajada rivojlandi.

Turizm eksporti 1,6 barobarga oshib, 3,5 milliard dollarga yetdi. Bu sohada 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. Muhimi — o‘tgan yili xorijiy sayyohlar oqimi ilk bor 10 millionlik marradan oshdi.

Hududlarda turizm va servis infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda. So‘nggi 8 yilda mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan 6,5 milliard dollar sarmoya kiritilib, 130 mingta mehmon qabul qilish imkoniyati yaratildi. Joriy yilda bu raqam yana 30 mingtaga oshiriladi.

Parkent tumanidagi “Oltin bel” cho‘qqisida xalqaro darajadagi chang‘i zonasi barpo etilmoqda. Fransiyaning mashhur “Kurshavel” kurorti ham Yevropa standartlarida tog‘li turizm maskanlari tashkil etishga qiziqish bildirgan.

Prezident ta’kidlaganidek: “Boy tarixiy-madaniy merosimiz va betakror tabiatimiz sayyohlar sonini 2-3 barobar oshirish uchun yetarli.”

2040-yilgacha turizmning iqtisodiyotdagi ulushi 7 foizga, eksport hajmi 10 milliard dollarga yetkazilishi bo‘yicha strategiya ishlab chiqilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?