Oktyabrdan Toshkent bog‘larida itli patrul ishga tushadi

1 daqiqa o'qish394
Oktyabrdan Toshkent bog‘larida itli patrul ishga tushadi
2025-yil oktabrdan boshlab Toshkent shahri bog‘lari va istirohat maskanlarida “itli patrul” — xizmat itlari yordamida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha eksperimental loyiha boshlanadi, deb xabar berdi Nova24.uz.

Loyiha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 30-sentabrgacha sinov tariqasida amalga oshiriladi. Milliy gvardiya buyurtmasiga binoan maxsus tayyorlangan xizmat itlari jamoat joylarida narkotik moddalar, psixotrop vositalar va ularning o‘xshashlarini aniqlash uchun patrullik qiladi.

Quyidagi bog‘larda kinologik punktlar faoliyat boshlaydi: Botanika bog‘i, Furqat bog‘i, Tashkent City, “Anhor-Lokomotiv”, “Navro‘z”, Magic City, “Milliy bog‘”, G‘afur G‘ulom bog‘i, Green Park, Mirzo Ulug‘bek bog‘i, “Lokomotiv” va “Ashxobod” bog‘i.

Xodimlar Bojxona qo‘mitasi qoshidagi Milliy kinologiya markazida “narkotik izlash” va “antiterror” yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan. Patrullarni Toshkent shahar Milliy gvardiyasi va IIBB kinologiya bo‘limi amalga oshiradi. Agar loyiha samarali bo‘lsa, boshqa viloyatlarga ham tatbiq qilinadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?