Imtiyozli kreditlar 10 daqiqada rasmiylashtirilmoqda

1 daqiqa o'qish364
Imtiyozli kreditlar 10 daqiqada rasmiylashtirilmoqda
O'zbekistonda raqamlashtirish tufayli imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish muddati 3 kundan 10 daqiqagacha qisqartirildi, deb kursiv.media sayti xabar berdi.

Bank sektori vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga hujjatlarni avtomatik tekshirish va onlayn xizmatlarning rivojlanishi hisobiga kredit berish jarayoni shaffoflashgani, korrupsiya imkoniyatlari esa kamayganini ta'kidladilar.

Shu bilan birga, deputatlar hujjatlarni soxtalashtirish, imtiyozli kreditlarni o'zlashtirish va maqsadsiz sarflash, noqonuniy talab va to'lovlar yuzasidan holatlarni qayd etdilar. Bu muammoli kreditlar ulushining oshishiga olib kelmoqda.

2024 yilda Hisob palatasi 6 ta tijorat bankini tekshirgan. 858 mlrd so'mlik imtiyozli kreditlardan 140 mlrd so'm muammoli deb topilgan. Shuningdek, 176 mlrd so'm mablag' korxonalar hisobiga tushirilmagan.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlaridagi muammoli kreditlar hajmi 1,7 trln so'mga yetgan. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 127 mlrd so'mlik talon-toroj holatlari aniqlangan.

Deputatlar banklarni raqamlashtirishni davom ettirishga, moliyachilarni esa korrupsiyaga qarshi xalqaro tajribani o'rganib, sun'iy intellektni joriy etishga chaqirdilar.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?