Tashkent City Park’da salyutlar doimiy tarzda bo‘ladi

1 daqiqa o'qish3.1K
Tashkent City Park’da salyutlar doimiy tarzda bo‘ladi
Toshkent markazida joylashgan Tashkent City Park hududida endi salyutlar doimiy ravishda uyushtiriladi, deb UPL.uz xabar berdi.
Poytaxtning yuragida yangi an’ana — haftaning har juma va shanba kunlari salyut namoyish etiladi.

Shu kunlarda parkdagi favvora musiqa ritmida “raqis tushadi”, va shouning kulminatsiyasida yorqin, rang-barang feyerverk namoyon bo‘ladi. Yorug‘lik, suv va ovoz uyg‘unligi chinakam sehrli manzarani yaratadi, bu esa ijtimoiy tarmoqlar uchun ajoyib foto va videolar olish imkonini beradi.

Ko‘pchilik bu muhitni mashhur DisneyLand kabi jahon attraksionlari bilan taqqoslamoqda — nafaqat chiroyli va ta’sirli, balki barcha uchun bepul.

Ushbu tashabbus shahar hayotiga yangicha tarovat olib kirmoqda, shuningdek, turizmni rivojlantirish va Toshkentning dam olish va ko‘ngilochar markaz sifatidagi mavqeini oshirishga xizmat qilmoqda. Yangi an’ana Tashkent City Park’ni oilaviy dam olish, do‘stlar bilan uchrashuv va bayramona muhitda vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun yanada jozibador qilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?