O‘zbekistonda o‘rtacha harorat 1,5°C ga oshdi

1 daqiqa o'qish993
O‘zbekistonda o‘rtacha harorat 1,5°C ga oshdi
O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yilliklarda iqlim ancha o‘zgargan, deb xabar berdi UPL.uz BMT ekspertlari hamkorligida O‘zgidromet o‘tkazgan tadqiqotga asoslanib. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1950 yildan 2020 yilgacha respublikada o‘rtacha yillik harorat taxminan 1,5°C ga oshgan. Bu Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori.

2000-yillar boshida O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 4–5 ta 40°C dan yuqori haroratli issiq kunlar kuzatilgan bo‘lsa, 2020-yillarga kelib bu son 9–11 taga yetgan. Bu, ayniqsa, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘iston kabi hududlarda yaqqol sezilmoqda.

Bu kabi haroratlar inson salomatligiga, ayniqsa, keksa yoshdagilar va ochiq havoda ishlovchilar uchun xavf tug‘dirmoqda. Qishloq xo‘jaligi ham zarar ko‘rmoqda — suv tanqisligi va haddan tashqari harorat sabab hosildorlik kamaymoqda. Shuningdek, suv resurslarini boshqarish tobora murakkablashmoqda — daryo va kanallar tez qurib qolmoqda.

2023 yil 3 avgust kuni Nukusda havo harorati 47,6°C ga yetdi — bu faqat O‘zbekiston uchun emas, balki butun Markaziy Osiyo uchun rekord hisoblanadi.

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun ob-havo monitoringini kuchaytirish, meteorologik stansiyalarni modernizatsiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy moslashuv choralari ko‘rishni tavsiya etmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?