O‘zbekistonda yashil hududlar uchun maxsus agentlik tashkil etiladi

1 daqiqa o'qish509
O‘zbekistonda yashil hududlar uchun maxsus agentlik tashkil etiladi
O‘zbekistonda o‘rmonchilik va yashil zonalarni rivojlantirish, shuningdek cho‘llanishga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi maxsus agentlik tashkil etiladi, deb xabar berdi Nova24.uz.

Prezident qaroriga ko‘ra, yangi tuzilma Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi asosida shakllantiriladi. Agentlik o‘rmonlar bo‘yicha davlat hisobini, kadastrini yuritadi, shuningdek ko‘chatlar va buta parvarishlash markazlari tarmog‘ini kengaytiradi.

Agentlik quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
• O‘rmonlarni yaratish, saqlash, tiklash va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• O‘rmon xo‘jaligini modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish uchun sarmoya jalb qilish.
• Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish choralarini ishlab chiqish.
• Cho‘llanish va yerlarning yemirilishiga qarshi choralarni muvofiqlashtirish.
• Dekorativ daraxt va butalar bo‘yicha urug‘chilik tizimini va in vitro laboratoriyalarini joriy qilish, sertifikatlash va standartlashtirish tizimini yaratish.
• “Aqlli o‘rmon” kabi raqamli texnologiyalarni joriy etish.
• Xorijiy ekspertlarni xalqaro grantlar orqali jalb qilish.

Yangi agentlik “Yashil makon” umumxalq loyihasining ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi organ sifatida faoliyat yuritadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?