
Andijon shahrida mahalliy fuqaro ikki ta o‘rta osiyolik bo‘rini yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida saqlayotgani aniqlandi, deb xabar berdi UPL.uz. Bu holat viloyat ekologiya boshqarmasi va prokuratura vakillari tomonidan o‘tkazilgan reja asosidagi tekshiruvda fosh etilgan.
Monitoring davomida fuqaroning ismi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, u yovvoyi hayvonlarni inson uchun mo‘ljallanmagan joyda, ya’ni AYoQShda saqlayotgani aniqlandi. Bu holat huquq-tartibot va ekologik nazorat organlari tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.
2025 yil 23 may kuni, fuqaro holatni tushungan holda, bo‘rilarni ixtiyoriy ravishda Andijon shahridagi zoodor bog‘iga topshirdi. Hayvonlar “Usmonobod Fayzi” MChJ zoodor bog‘iga olib borildi. Vrachlar tomonidan ko‘zdan kechirilganda, bo‘rilar sog‘lom, jarohatsiz va salbiy muomala alomatlarisiz ekani ma’lum bo‘ldi.
Zoodor bog‘ida hozirda ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan, parvarish va to‘liq oziqlanish ta’minlanmoqda. Ekologiya boshqarmasi hayvonlarning moslashuv jarayonini kuzatishda davom etadi.
Ma’lumot uchun: O‘rta Osiyo bo‘rilari boshqa bo‘rilarga nisbatan kichikroq tana tuzilishi va och tusli junlari bilan ajralib turadi. Bu ularning issiq iqlimga moslashishida muhim rol o‘ynaydi. Ular mustahkam organizm va qiyin sharoitlarga chidamliligi bilan mashhur.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar