O‘zbekistonda tarvuz narxi bir haftada uch baravarga arzonlashdi

1 daqiqa o'qish10.7K
O‘zbekistonda tarvuz narxi bir haftada uch baravarga arzonlashdi
EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi haftada tarvuzning ulgurji narxi uch baravarga tushib ketdi, deb xabar berdi NOVA24.

Narxning pasayishiga asosiy sabab — ichki bozorga mahsulot hajmining keskin oshishi bo‘ldi. Toshkentdagi ulgurji bozorlarga yirik tarvuz partiyalari 16–22 may kunlari, ya’ni odatdagidan bir hafta erta kirib kelgan.

23-may holatiga ko‘ra, 1 kg tarvuz ulgurji narxi 7000 so‘mga yetgan bo‘lib, bu 2021-yildan buyon eng yuqori daraja hisoblangan. Biroq 23-maydan 30-mayga qadar narx 2,8 baravar kamayib, 2500 so‘mga tushgan. Bu so‘nggi 5 yildagi eng keskin haftalik pasayish hisoblanadi.

Natijada, may oxiridagi narx 2024-yilning shu davriga nisbatan ikki baravar arzon, lekin 2023-yilga qaraganda 25% yuqori bo‘ldi.

Narxning tushishi eksport hajmining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda. 2020-yildan beri tarvuz O‘zbekistonning muhim eksport meva-sabzavot mahsulotlaridan biri bo‘lib kelmoqda. 2023-yilda mamlakat 104,7 ming tonna tarvuz eksport qilgan holda rekord natijaga erishgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?