
14-iyundan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent–Islomobod yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi Kursiv.uz.
Bilet narxi 2,6 million so‘mdan boshlanadi. Parvozlar har hafta — shanba kunlari amalga oshiriladi.
Chipta sotib olish Uzbekistan Airways’ning rasmiy sayti, mobil ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” filiallari yoki kompaniya agentlari orqali mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil kuzidan Uzbekistan Airways Toshkent–Lahor yo‘nalishida ham qatnovlarni boshlagan. 2025-yil iyun boshida bu yo‘nalishdagi biletlar narxi 2,7 million so‘mdan boshlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar