O‘zbekistonda transport bahosi yangi tartibda aniqlanadi

1 daqiqa o'qish2.8K
O‘zbekistonda transport bahosi yangi tartibda aniqlanadi
O‘zbekistonda transport vositalarining bahosini aniqlash tartibi o‘zgartirildi, deb nova24.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yagona milliy baholash standartiga transport vositalarini baholash bo‘yicha yangi bo‘lim qo‘shildi. Endi shikastlangan avtomobil bahosi aniqlanganda mutaxassislar ta’mirlash xarajatlari, yetkazilgan zarar hamda tovar qiymatining yo‘qotilishini ham hisobga oladi.

Bozor qiymatini aniqlashda ularni sotishga oid tashkiliy xarajatlar inobatga olinmaydi. Baholash uchun zarur ma’lumotlarni yig‘ish va bozor axborotini to‘plash bilan maxsus mutaxassis — baholovchi shug‘ullanadi.

Hujjatda baholanishi kerak bo‘lgan obyekt haqidagi asosiy ma’lumot manbalari belgilandi:

• buyurtmachi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar
• baholovchi tomonidan obyektni ko‘zdan kechirishda olingan ma’lumotlar
• uchinchi shaxslar, tashkilotlar, OAV va internetdan olingan ma’lumotlar

Obyektni baholashda qiyosiy, daromadli va xarajatli yondashuvlardan foydalanish belgilangan.

• Qiyosiy yondashuv analog obyektlar narxiga asoslanadi va farqlarni hisobga olib tuzatish kiritiladi.
• Daromadli yondashuv foyda keltiradigan obyektning kelajak daromadlariga asoslanadi, bunda obyekt qiymati sof operatsion daromadni kapitalizatsiya stavkasiga bo‘lish orqali topiladi.
• Xarajatli yondashuv esa transport vositasini qayta yaratish yoki almashtirish qiymatidan jami eskirishni ayirish orqali baholanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?