Toshkent viloyatidagi Sea Breeze loyihasiga 5 mlrd dollar investitsiya kiritiladi

1 daqiqa o'qish866
Toshkent viloyatidagi Sea Breeze loyihasiga 5 mlrd dollar investitsiya kiritiladi
Sea Breeze kurorti qurilishi uchun Toshkent viloyatida 5 milliard dollar sarmoya yo‘naltiriladi, deb xabar bermoqda nova24.uz.

O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, loyihaning investori sifatida Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi ishtirok etadi.

Kurort umumiy 577 gektar maydonda barpo etiladi, shundan 100 gektari birinchi bosqichda o‘zlashtiriladi. Loyihaning asosiy maqsadi — turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va xorijiy sayyohlarni jalb qilishdir.

Hudud 10 ta ixcham zonaga bo‘linadi, har birida dam olish maskanlari va xizmatlar mavjud bo‘ladi. Suv havzasi ustidan ko‘prik qurilishi ham rejalashtirilgan.

Sohil bo‘ylarida buloqlar, plyajlar va dam olish hududlari, tog‘ yetaklarida mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar, restoranlar va tomosha maydonlari bo‘ladi. Shuningdek, loyiha doirasida madaniy, ta’lim, tibbiy va sport muassasalari qurilib, hududni yil davomida yashashga yaroqli maskanga aylantiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?