Kredit olishdan o‘zini himoya qilish imkoni yaratildi

1 daqiqa o'qish401
Kredit olishdan o‘zini himoya qilish imkoni yaratildi
2024 yil 6 iyundan O‘zbekistonda fuqarolar o‘zlariga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlash uchun shaxsan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deb nova24.uz xabar berdi. Yangi xizmat “Jismoniy shaxslarga nisbatan kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki ro‘yxatdan chiqarish haqidagi ma’lumotlarni reyestrga kiritish yoki chiqarib tashlash” nomi bilan yuritiladi.

Bu tizim fuqarolarni firibgarlik yo‘li bilan ularning nomiga kredit rasmiylashtirilishidan himoya qilishga xizmat qiladi. Jismoniy shaxslar Kredit axborot-tahliliy markaziga bepul murojaat qilib, o‘zlariga nisbatan kredit olishni taqiqlash to‘g‘risida ariza topshirishlari mumkin.

Xabarga ko‘ra, yaqin orada ushbu xizmat Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ham mavjud bo‘ladi. Ariza topshirilgach, fuqaro avtomatik ravishda maxsus reyestrga kiritiladi. Shundan so‘ng barcha bank va kredit tashkilotlari kredit shartnomasi tuzishdan oldin bu ro‘yxatni tekshirishga majbur bo‘ladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?