date

Vyetnamda kichik biznesga raqamli aktivlarni garovga qoʻyishga ruxsat berilishi mumkin

Vyetnamda kichik biznesga raqamli aktivlarni garovga qoʻyishga ruxsat berilishi mumkin

Vyetnam Moliya vazirligi kichik va oʻrta biznes subyektlariga (KOB) bank kreditlari uchun raqamli aktivlar, virtual aktivlar va intellektual mulkdan garov sifatida foydalanishga ruxsat berishni taklif qildi. Ushbu tashabbus KOBni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qonunning yangilangan loyihasiga kiritilgan boʻlib, ayni paytda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Yangi qonun loyihasiga koʻra, korxonalar kelajakda shakllanadigan aktivlar, mulkiy huquqlar, nomoddiy aktivlar hamda raqamli yoki virtual aktivlar orqali kredit olishlari mumkin boʻladi. Hozirda Vyetnamdagi korxonalarning 98 foizidan ortigʻini kichik biznes tashkil etsa-da, ularning iqtisodiyotdagi umumiy bank kreditlaridagi ulushi atigi 20 foizni tashkil etmoqda.

Moliya vazirligi ushbu nomutanosiblikni tegishli garov mulkining yoʻqligi, moliyaviy shaffoflikning pastligi va kichik kapital bazasi bilan izohlamoqda. Koʻplab startaplar va texnologik kompaniyalar qimmatli dasturiy taʼminot yoki patentlarga ega boʻlsa-da, ularda garovga qoʻyish uchun yer yoki jismoniy aktivlar mavjud emas.

Qonun loyihasi, shuningdek, kredit tashkilotlarini faqat qatʼiy aktivlarga tayanmasdan, balki kredit reytinglari, biznes-rejalar va pul oqimlariga asoslangan holda kredit berishni kengaytirishga undaydi. Bundan tashqari, yashil iqtisodiyot va energiya tejovchi loyihalar uchun imtiyozli moliyalashtirish va foiz stavkalarini qoʻllab-quvvatlash choralari ham koʻzda tutilgan.

Vyetnam dunyodagi eng faol kripto bozorlaridan biriga aylangan boʻlib, Chainalysis maʼlumotlariga koʻra, global kripto qabul qilish indeksida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. Moliya vaziri oʻrinbosari Nguyen Duc Chi soʻzlariga koʻra, mamlakatda birinchi tartibga solinadigan kripto bozori 2026-yilning uchinchi choragida ishga tushishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Vyetnamda kichik biznesga raqamli aktivlarni garovga qoʻyishga ruxsat berilishi mumkin