O‘zbekiston 200 ta elektrobus xarid qilishi mumkin

1 daqiqa o'qish329
O‘zbekiston 200 ta elektrobus xarid qilishi mumkin
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus xarid qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Shuningdek, 1000 ta avtobus xarid qilish loyihasi ham muhokama qilinmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi, deb Nova24 xabar berdi.

Uchrashuvda transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdug‘afforov va Xitoy Eksport-import banki rahbari Chen Xuayu boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Unda transport infratuzilmasini rivojlantirish, harakatdagi transport parkini yangilash va bank tomonidan moliyalashtirish loyihalari haqida so‘z yuritildi.

Toshkent–Samarqand va Toshkent–Andijon pullik avtomobil yo‘llari, Toshkent–Samarqand yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyasi hamda Toshkent va viloyatlarda jamoat transportini takomillashtirish kabi loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar 200 ta elektrobus uchun kredit shartnomasini tez fursatda kelishib, imzolash ustida ham ishlamoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?