Toshkentda 169 ta yo‘nalishda avtobus konditsionerlari nazoratga olindi

1 daqiqa o'qish98
Toshkentda 169 ta yo‘nalishda avtobus konditsionerlari nazoratga olindi

Toshkentda jamoat transportida konditsionerlar ishlashini nazorat qilish kuchaytirildi. Transport vazirligi va «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati poytaxt avtobuslari hamda elektrobuslarida harorat me’yorlariga rioya etilishini tekshirishni boshladi.

Brutto-shartnomalar talabiga ko‘ra, tashqi havo harorati +28 darajadan yuqori bo‘lgan vaqtda avtobus va elektrobus salonidagi harorat +26 darajadan oshmasligi lozim. Tashuvchilar sovitish tizimlarini ishchi holatda saqlashi va yo‘lovchilar uchun belgilangan sharoitni ta’minlashi shart.

Maxsus ishchi guruhlar Toshkentdagi 169 ta yo‘nalishda reydlar o‘tkazmoqda. Tekshiruvlar transport vositalarining o‘zida amalga oshirilib, konditsionerlarning ishlashi va salondagi harorat o‘lchanmoqda.

Yozgi mavsumda yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish nazorat tadbirlarining asosiy maqsadi sifatida ko‘rsatilgan. Sovitish tizimlaridan foydalanish talablarini bajarmagan tashuvchilarga nisbatan intizomiy va moliyaviy choralar qo‘llanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?