O‘zbekiston kredit jihatidan ishonchliroq deb topildi

1 daqiqa o'qish961
O‘zbekiston kredit jihatidan ishonchliroq deb topildi
Fitch Ratings xalqaro agentligi O‘zbekistonning uzoq muddatli xorijiy valyutadagi kredit reytingini bir pog‘onaga oshirib, “BB-”dan “BB”ga ko‘tardi, deb Nova24.uz xabar berdi.

Mazkur reyting davlatning tashqi qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish qobiliyatini ifodalaydi. Reyting qanchalik yuqori bo‘lsa, to‘lovlardagi tavakkalchilik shunchalik past bo‘ladi. Avvalgi “BB-” reytingi “spekulyativ” yoki “investitsion emas” deb baholangan edi.

Yangi “BB” reytingi O‘zbekiston kredit beruvchilar nazarida ishonchliroq davlatga aylanganini bildiradi. Bu xorijiy kreditlarni arzonroq olish va chet el investorlarini jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Reytingning ko‘tarilishi islohotlar sur’ati va o‘rta muddatli o‘sish istiqbollari bilan bog‘liq.

Islohotlar qatoriga pul-kredit siyosatiga ishonchni oshirish, davlat institutlari shaffofligini kuchaytirish, xususiylashtirish rejalarini ilgari surish kiradi. 2024 yildagi ijobiy fiskal natijalarga energiya tariflarini liberallashtirish va subsidiya tizimini isloh qilish ta’sir ko‘rsatgan.

Agentlik 2025–2026 yillarda iqtisodiy o‘sish 6,3% atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda. Bu o‘sishga davom etayotgan islohotlar, xomashyo (ayniqsa, oltin)ga barqaror talab hamda pul o‘tkazmalari hajmining oshishi turtki bo‘ladi.

Biroq agentlik reytingning pasayish xavfini ham eslatib o‘tdi. Bunday holat, masalan, pul o‘tkazmalari keskin kamayishi, xomashyo narxlarining pasayishi va savdo balansidagi jiddiy salbiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, iqtisodiy o‘sish sur’atining susayishi, byudjet xarajatlarining oshishi, milliy valyutaning keskin qadrsizlanishi yoki davlat tomonidan berilgan kafolatlarning bajarilishi salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Reytingning yana yaxshilanishi islohotlarning izchil va tez amalga oshirilishiga, makroiqtisodiy barqarorlik va davlat boshqaruvi sifatining yaxshilanishiga bog‘liq.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?