O‘zbekiston kartoshka yetishtirishda Misr tajribasini qo‘llaydi

1 daqiqa o'qish5.1K
O‘zbekiston kartoshka yetishtirishda Misr tajribasini qo‘llaydi
O‘zbekiston kartoshka yetishtirish sohasida Misr tajribasidan foydalanadi, deb Nova24.uz xabar berdi.

EastFruit ma’lumotiga ko‘ra, urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat Misrning EFC Plants kompaniyasi hamda O‘zbekistonning “Agro Gold Premium” kompaniyasi tomonidan Qohirada bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligi biznes-forumi doirasida imzolangan.

Forumda Qashqadaryo viloyatidan tadbirkorlar va Misrning yetakchi agroindustriya kompaniyalari vakillari qatnashdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi Misrning qishloq xo‘jaligi, xususan, kartoshka va qand lavlagi yetishtirishdagi tajribasi bilan tanishdi.

Bu tajribalar O‘zbekistonda yuqori sifatli urug‘lik kartoshka ishlab chiqarishda, shuningdek, agrar soha uchun investitsiyalar jalb etishda qo‘llaniladi.

Forum davomida tomonlar kartoshkachilik va qand sanoati bo‘yicha tajriba almashdilar va O‘zbekiston agrar sohasiga sarmoya kiritish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Kelgusida urug‘lik kartoshka ishlab chiqarishning to‘liq bosqichini O‘zbekistonda mahalliylashtirish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?