O‘zbekistonning tashqi qarzi 68,4 mlrd dollarga yetdi

1 daqiqa o'qish334
O‘zbekistonning tashqi qarzi 68,4 mlrd dollarga yetdi
2025 yil aprel oyining boshida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 68,4 milliard dollarni tashkil etdi, deb Kursiv media xabar berdi — ma’lumotni Markaziy bank taqdim etdi.

1 yanvar holatiga ko‘ra, tashqi qarz hajmi 64,1 milliard dollar bo‘lgan.

Bu miqdorning 35,8 milliard dollari davlat tashqi qarziga, 32,6 milliard dollari esa korporativ (kompaniyalar) tashqi qarziga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, savdo balansidagi tanqislik bir yil ichida uchdan birga kamayib, 2,6 milliard dollarga yetgan. Bu eksport hajmining ortib, import darajasining o‘zgarmagani bilan bog‘liq.

Markaziy bank hisobotida 2025 yilning yanvar-mart oylarida pul o‘tkazmalari hajmining oshishi natijasida birlamchi va ikkilamchi daromadlar saldosi ijobiy bo‘lgan. Aprel boshidagi raqamlar mos ravishda 148,9 million dollar va 2,2 milliard dollarni tashkil qilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar birinchi chorakda 752,3 million dollarga yetgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘payganini anglatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?