O‘zbekistonda issiq sababli bog‘chalar vaqtincha yopildi

1 daqiqa o'qish13.8K
O‘zbekistonda issiq sababli bog‘chalar vaqtincha yopildi
2025-yil 16-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumani hokimligi matbuot xizmati 16–18 iyul kunlari 40° va undan yuqori harorat tufayli barcha maktabgacha ta’lim muassasalari vaqtincha yopilganini ma’lum qildi, deb UPL.uz xabar berdi. Shuningdek, Tahiatash va Qarao‘zak tumanlarida ham bog‘chalar faoliyati to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, 17–19 iyul kunlari O‘zbekistonga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. 18–20 iyul kunlari esa havo harorati 40–43° gacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa 44–45° gacha ko‘tarilishi mumkin.

Shu munosabat bilan shifokorlar aholiga kunning birinchi yarmida zaruratsiz uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, ko‘proq suyuqlik ichish va yog‘li ovqatlardan voz kechish kerakligi eslatilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?