Mobiuz 300 million dollarga sotilishi mumkin

1 daqiqa o'qish1K
Mobiuz 300 million dollarga sotilishi mumkin
O‘zbekiston mobil aloqa operatori Mobiuz’ni 300 million dollarga sotishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Kursiv.media Bloomberg manbalariga tayanib. Hukumat Qatardan, Saudiya Arabistonidan, Ozarbayjondan va Yevropadan investorlarni jalb qilishga umid qilmoqda.

Mobiuz mamlakatdagi to‘rtinchi yirik mobil operator hisoblanadi. BMI tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil oxirida uning bozordagi ulushi 20,9% ni tashkil etgan. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda umumiy abonentlar soni 35,6 million nafarga yetgan. 2024 yilda Mobiuz’ning daromadi 164 million dollar, EBITDA ko‘rsatkichi esa 41 million dollarni tashkil qilgan.

Kompaniyaning 100% ulushini sotish jarayoni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlangan keng qamrovli xususiylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston 29 ta yirik korxonaning aktivlarini xususiylashtirish orqali kamida 10 trillion so‘m ($786 million) miqdorida mablag‘ jalb qilishni rejalashtirgan. Bu esa davlat iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasining bir qismidir.

Mobiuz’ni sotish bo‘yicha tender 2025 yil iyun oyida e’lon qilingan. Qiziqqan investorlar 1 avgustga qadar qiziqish xatlarini topshirishlari lozim. Bitim bo‘yicha maslahatchi sifatida Rothschild & Co kompaniyasi jalb qilingan.

VEON kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z biznesini kengaytirish imkoniyatlarini doimiy ravishda ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan, ammo bu tenderda ishtirok etishini rasman tasdiqlamagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?