Ekopartiya daraxt kesish moratoriyiga qarshi chiqdi

1 daqiqa o'qish381
Ekopartiya daraxt kesish moratoriyiga qarshi chiqdi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Murad Buildings kompaniyasi asoschisi Murad Nazarovning Toshkentda daraxt kesish bo‘yicha moratoriy bekor qilinsin degan taklifiga keskin e’tiroz bildirdi. Bu haqda partiya vakili, deputat Javlon Abdullayev rasmiy bayonot berdi, deb xabar berdi Kursiv.media.

Avvalroq Nazarov qurilish vaqtida daraxtlar baribir zararlanadi yoki yo‘q bo‘ladi, deb aytib, ularni oldindan ekish orqali “daraxtlar banki” tizimini joriy etishni taklif qilgan edi.

Biroq Ekopartiya bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadi. Javlon Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida har bir yetilgan daraxt kelajak avlodlar uchun bebaho hisoblanadi. Bitta katta daraxtni yetishtirish o‘nlab yillar mehnat va katta mablag‘ talab qiladi.

Uning ta’kidlashicha, mo‘ratariy bekor qilinmagani tufayli bugungi kunga kelib daraxtlarning 98 foizi saqlab qolingan. Faqat 2025 yilning dastlabki olti oyida daraxt kesish uchun berilgan 3,2 mingta ariza rad yetilib, 453,2 mingta daraxt, shu jumladan 86 mingdan ortiq qimmatbaho turlar himoya qilingan.

Shuningdek, ekologlar kompensatsiya sifatida ekilgan ko‘chatlarning ko‘pchiligi o‘smasdan qurib qolayotganiga e’tibor qaratdi.

“Biz qat’iy aytamiz: har qanday rivojlanish yoki qurilish ekologik manfaatlar hisobiga emas, balki ular bilan muvozanatda amalga oshirilishi kerak”, – deyiladi Ekopartiya bayonotida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?