Homilador ayollarga kesarcha kesishni tanlash huquqi berildi

1 daqiqa o'qish100
Homilador ayollarga kesarcha kesishni tanlash huquqi berildi

O‘zbekistonda homilador ayollarga tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmagan taqdirda ham kesarcha kesish operatsiyasini tanlash imkoniyati berildi. Endilikda operatsiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishda ayolning xohishi ham inobatga olinadi. Bu haqda Oblakouz xabar berdi.

Buning uchun avvalo shifokor ayolga kesarcha kesishning ehtimoliy xavflari va salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berishi kerak. Shundan so‘ng ayolning ixtiyoriy roziligi olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatga ko‘ra, kesarcha kesish operatsiyasini o‘tkazish uchun 31 ta tibbiy ko‘rsatma belgilangan. Operatsiya shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan, rejali yoki rejali-shoshilinch tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Shu bilan birga, tibbiy ko‘rsatmalarning mavjud emasligi ayolning o‘z xohishiga ko‘ra kesarcha kesish operatsiyasini o‘tkazish imkoniyatini istisno etmaydi.

Ya’ni, yangi tartibga ko‘ra, kesarcha kesish faqat tibbiy zarurat bilan cheklanib qolmaydi. Biroq bunday qaror qabul qilinishidan oldin ayolga operatsiyaning mumkin bo‘lgan xavf va oqibatlari tushuntirilishi hamda uning ixtiyoriy roziligi olinishi shart.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?