date

1 avgust kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir, chang va sel kutilmoqda

1 avgust kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir, chang va sel kutilmoqda

1 avgust, payshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo sharoiti turli hududlarda farq qiladi. Ayrim viloyatlarda yomg‘ir, momaqaldiroq, changli shamol va hatto sel-suv toshqini ehtimoli mavjud.

Toshkent shahrida ob-havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s, kechga yaqin 12–15 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan birga bo‘lishi mumkin. Harorat tungi 22–24 daraja, kunduzgi 34–36 daraja.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham ob-havo biroz bulutli. Yomg‘ir kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–16 m/s gacha kuchayishi, changli havo kuzatilishi mumkin. Harorat tungi 18–23 daraja, kunduzi 31–36 daraja.

Buxoro va Navoiyda ob-havo quyoshli, quruq. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat 19–24 daraja tungi, 33–38 daraja kunduzi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqandda ob-havo biroz bulutli, o‘zgaruvchan. Yomg‘ir kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–16 m/s gacha. Harorat 19–24 daraja tungi, 32–37 daraja kunduzi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli, quruq. Shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–16 m/s gacha chang-to‘zon bilan. Harorat tungi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja.

Andijon, Namangan, Farg‘onada biroz bulutli va ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Harorat tungi 19–24 daraja, kunduzi 32–37 daraja.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir, momaqaldiroq va sel-suv toshqini ehtimoli bor. Harorat tungi 13–18 daraja, kunduzi 23–28 daraja.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1 avgust kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir, chang va sel kutilmoqda