date

O‘zbek ayollari uchun 41 mingdan ortiq himoya orderi berildi

O‘zbek ayollari uchun 41 mingdan ortiq himoya orderi berildi

2025 yil boshidan buyon O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun 41 051 ta himoya orderi berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur orderlar ayollarni turli tahdid va zo‘ravonliklardan huquqiy jihatdan himoya qilish maqsadida rasmiylashtirilgan. Ularga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlardan himoya kafolati yaratildi.

Shuningdek, 512 nafar ayol va ularning 709 nafar farzandi reabilitatsiya va moslashish markazlariga joylashtirildi. Bu markazlarda psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

«Inson» ijtimoiy xizmat markazlari orqali 11 914 nafar ayol kunduziga xizmatlar oldi. Boshlang‘ich yordam nuqtalaridan esa 4006 ayol foydalangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbek ayollari uchun 41 mingdan ortiq himoya orderi berildi