O‘zbekistonda 9 oyda qancha himoya orderi berildi?

O‘zbekistonda 9 oyda qancha himoya orderi berildi?

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga 107 ming 167 ta himoya orderi rasmiylashtirildi. Shu davrda jabrlangan ayollar va bolalarga ijtimoiy, psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yilning dastlabki to‘qqiz oyida 58 431 ta so‘rovnoma o‘tkazilib, kunduzgi qatnov asosida 43 449 ta xizmat ko‘rsatilgan.

Birlamchi ko‘mak xonalarida 5 995 nafar ayol va 2 842 nafar bolaga yordam berilgan.

Hududiy reabilitatsiya markazlarida esa jami 13 779 ta xizmat ko‘rsatilgan. Ularning 5 943 tasi psixologik, 4 644 tasi huquqiy va 3 192 tasi ijtimoiy yordamdan iborat bo‘lgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar