date

Nosoz attraksionlar endi ilova orqali aniqlanadi

Nosoz attraksionlar endi ilova orqali aniqlanadi

Endilikda O‘zbekistondagi madaniy dam olish bog‘laridagi texnik nosoz yoki shubhali holatdagi attraksionlar haqida xabar berish yanada osonlashdi. Buni amalga oshirish uchun maxsus mobil ilova — “Attraksion nazorati” yaratildi.

Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ilova orqali istalgan foydalanuvchi o‘z hududidagi ko‘ngilochar maskanlardagi potensial xavfli qurilmalar haqida ma’lumot yuborishi mumkin.

Foydalanish uchun ilovaga kirib, ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shundan so‘ng foydalanuvchi viloyat, tuman va bog‘ni tanlaydi hamda tahdidga sabab bo‘ladigan qurilma to‘g‘risida murojaat yo‘llaydi. Eng muhimi, har bir murojaatning ko‘rib chiqilishi holati real vaqtda kuzatib borilishi mumkin.

Ilova hozircha Android tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan va uni bepul yuklab olish mumkin. Shuningdek, murojaatlar qo‘mitaga 71 203 02 39 raqamli “ishonch telefoni” orqali ham yuborilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nosoz attraksionlar endi ilova orqali aniqlanadi