date

O‘zbekistonlik turistlar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p borgan?

O‘zbekistonlik turistlar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p borgan?

O‘zbekistonlik turistlar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p borgan? Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida umumiy 3 million 500 ming nafar fuqaro turizm maqsadida xorijiy davlatlarga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 810 ming nafarga yoki 29,7 foizga ko‘proqni tashkil etgan.

Eng ko‘p safar qilingan mamlakatlar quyidagicha:

  • Qirg‘iziston — 1 527 303 nafar
  • Qozog‘iston — 664 669 nafar
  • Tojikiston — 631 660 nafar
  • Rossiya — 230 412 nafar
  • Saudiya Arabistoni — 145 294 nafar
  • Turkiya — 102 000 nafar
  • BAA — 72 729 nafar
  • Misr — 30 959 nafar
  • Tailand — 16 671 nafar
  • Vetnam — 16 179 nafar
  • Boshqa davlatlar — 102 622 nafar

Bu ko‘rsatkichlardan ma’lumki, O‘zbekistonliklar asosan qo‘shni davlatlar hamda diniy va sayyohlik maqsadida mashhur mamlakatlarga borishni afzal ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonlik turistlar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p borgan?