date

Issiq suv ta’minoti bir necha hududda vaqtincha to‘xtaydi

Issiq suv ta’minoti bir necha hududda vaqtincha to‘xtaydi

Shayxontohur tumanidagi ayrim manzillarda avgust oyida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb “Veolia Energy” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 2025 yil avgust oyi davomida Shayxontohur tumanidagi bir qator mahalliy qozonxonalarda rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlar doirasida qozonxona uskunalarini zamonaviylashtirish, eskirgan qismlarni almashtirish va ishlamay qolgan jihozlarni sinovdan o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan, ta’mirlash ishlari olib borilayotgan kunlarda quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha uziladi:

  • 4–5 avgust: Navoiy 39-qozonxona (Olmazor mahallasi, Navoiy ko‘chasi, 39-uy);
  • 6–7 avgust: Navoiy 37-qozonxona (Olmazor mahallasi, Navoiy ko‘chasi, 37-uy);
  • 11–12 avgust: Navoiy 33-qozonxona (Ukchi mahallasi, Navoiy ko‘chasi, 33-son turar joy);
  • 13–14 avgust: Navoiy 29-qozonxona (Ukchi mahallasi, Navoiy ko‘chasi, 29-sonli turar joy);
  • 18–19 avgust: Navoiy 27-qozonxona (Ukchi mahallasi, Navoiy ko‘chasi, 27-sonli turar joy);
  • 20–21 avgust: Ko‘kcha 1a qozonxonasi (Ko‘kcha mahallasi, Ziyo Said ko‘chasi, 60a, 1–12-uylar);
  • 25–26 avgust: 12-Zafarobod qozonxonasi (MKAD ko‘chasi, 456-sonli bolalar bog‘chasi va 1a, 2a, 2, 8–10-uylar);
  • 27–28 avgust: 103-Ipakchi qozonxonasi (Ipakchi mahallasi, Istirohat ko‘chasi, 102–103, 107–110, 114–116-uylar va kottejlar).

Kompaniya ta’kidlashicha, mazkur texnik tadbirlar yozgi mavsumda isitish tizimining ishonchli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Issiq suv ta’minoti bir necha hududda vaqtincha to‘xtaydi