date

Payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V maktublari nusxalari endi Toshkentda

Payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V maktublari nusxalari endi Toshkentda

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tomonidan dunyo hukmdorlariga yo‘llangan maktublar nusxalari namoyish etiladi. Ular orasida Imperator Hiroqlus (Geraklius)ga yuborilgan maktubning ilmiy asoslangan rekonstruksiyasi ham bor.

Ekspozitsiyada shuningdek, Efiopiya, Misr, Bahrayn, Ummon hukmdorlari va Fors shohiga yo‘llangan maktublar nusxalarini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu tarixiy hujjatlar Islomning tinchlikparvar va diplomatik ruhini, shuningdek, Rasululloh (s.a.v.)ning siyosiy zakovati va insoniy fazilatlarini yaqqol namoyon etadi.

Markaz mazkur eksponatlar orqali tashrif buyuruvchilarga Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning buyuk rahnamolik faoliyati va da’vat uslubini yaqindan anglash imkonini taqdim etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V maktublari nusxalari endi Toshkentda