date

Texnik xatolik ortidan yechib olingan 399 milliard so‘m qaytarilmoqda

Texnik xatolik ortidan yechib olingan 399 milliard so‘m qaytarilmoqda

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ma’lumotlar bazasida yuz bergan texnik nosozlik tufayli 30,1 ming soliq to‘lovchining hisobidan asossiz ravishda jami 399,3 milliard so‘m yechib olingan.

Aniqlanishicha, 7 203 nafar soliq to‘lovchidan 100 ming so‘mgacha, 10 165 nafaridan 100 mingdan 1 million so‘mgacha, 8 270 nafaridan 1 milliondan 10 million so‘mgacha, 3 780 nafaridan 10 milliondan 100 million so‘mgacha, 672 nafaridan 100 milliondan 1 milliard so‘mgacha va 10 nafaridan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar yechib olingan.

Soliq organlari ushbu mablag‘larni soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Barcha tegishli xulosalar G'aznachilikka yuborilgan va qaytarish jarayoni avtomatik tarzda amalga oshirilmoqda, fuqarolardan yozma ariza talab etilmaydi.

Bugun soat 18:00 holatiga 20 608 ta subyektga 274,7 milliard so‘m qaytarilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Texnik xatolik ortidan yechib olingan 399 milliard so‘m qaytarilmoqda