O‘zbekistonda ish haqini kunlik to‘lash tizimi bo‘yicha pilot loyiha boshlanmoqda. Ya’ni xodimlar oy oxirini kutmasdan, ish kuni tugagan zahoti ish haqlarini olishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu yangi amaliyot ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi hisob-kitob tizimini tubdan o‘zgartirishi kutilmoqda.
Eksperimentda ishtirok etish uchun xodimlar elektron mehnat shartnomasini imzolashlari, raqamli platforma orqali shaxsiy hamyon ochishlari va barcha soliq hamda to‘lovlarni qonuniy ravishda amalga oshirishlari shart. Bu talablar loyihaning shaffofligi va qonuniyligini ta’minlashga qaratilgan.
Maoshlar «o‘sha kuni» tizimi orqali o‘tkaziladi. Ish beruvchilar mehnat qonunchiligidagi barcha me’yorlarga to‘liq amal qilishlari lozim. Yangi tizim ishchi huquqlarini himoya qilish va moliyaviy intizomni kuchaytirishni maqsad qiladi.
Prezident qarorida qayd etilganidek, ushbu tartib ishchilarning moddiy holatini yaxshilash va ularning mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday tizim ayniqsa vaqtincha yoki soatbay ishlaydiganlar uchun katta qulaylik yaratadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!