date

OTM kontrakti uchun soliq imtiyozlarida yosh chegarasi olib tashlandi

OTM kontrakti uchun soliq imtiyozlarida yosh chegarasi olib tashlandi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib kuchga kirdi. Davlat soliq qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, endilikda farzandning yoshidan qat’i nazar ota-onalar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bu yangilik minglab oilalar uchun katta yengillik sifatida baholanmoqda.

Avvalgi tartibda esa asosiy imtiyozlar 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar yoki turmush o‘rtoqlar uchun amal qilardi. Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, agar ota-ona farzandining ta’limi uchun mablag‘ to‘lasa, uning yoshi cheklanmaydi va barcha hollarda soliqdan ozod etiladi.

Soliq kodeksiga asosan, fuqarolarning ish haqi va boshqa turdagi daromadlari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, mazkur imtiyoz talabaning o‘ziga, ota-onasiga, shuningdek, yoshi 26 ga to‘lmagan turmush o‘rtog‘iga ham beriladi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu o‘zgarish ota-onalarning moliyaviy yukini yengillashtirish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va yoshlarni o‘qishga rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » OTM kontrakti uchun soliq imtiyozlarida yosh chegarasi olib tashlandi