date

“Afrosiyob” poyezdlarida Wi-Fi xizmatlari faollashtirildi

“Afrosiyob” poyezdlarida Wi-Fi xizmatlari faollashtirildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, “Afrosiyob” poyezdlarida yo‘lovchilar uchun Wi-Fi xizmati ishga tushirilganini ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, ushbu xizmat nafaqat yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi, balki poyezd sayohatlarini yanada samarali va qiziqarli qilishga xizmat qiladi.

Shermatov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, yaqinda Buxoroga poyezdda borib kelishda, ko‘plab yo‘lovchilarning Uztelecom Wi-Fi xizmatlarining ishga tushirilgani haqida xabari yo‘qligini kuzatganini yozgan. Vazir, shuningdek, ushbu xizmatni tekshirib ko‘rganini va YouTube platformasida foydali kitoblar haqida tushuntiruvchi videolarni tomosha qilganini qo‘shimcha qilgan.

Shermatov, Wi-Fi xizmati yo‘lga qo‘yilishi uchun tezyurar poyezdlarning ichiga qo‘shimcha uskuna o‘rnatilishi kerakligini qayd etdi. Kelajakda xarid qilinadigan yangi poyezdlar, boshidan tegishli telekommunikatsiya uskunalari bilan ta’minlanishini umid qilmoqda.

Vazirning izoh berishicha, tez harakatlanadigan poyezdlar va metal ko‘p ishlatilgan vagonlarda tashqaridagi aloqa signallari abonentlarga yetib borishida muammolar yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun bunday holatlarda tegishli qurilmalar o‘rnatilishi zarur.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Afrosiyob” poyezdlarida Wi-Fi xizmatlari faollashtirildi