date

O‘zbekiston banklarida axborot xavfsizligi talablari yangi bosqichga o‘tdi

O‘zbekiston banklarida axborot xavfsizligi talablari yangi bosqichga o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar haqida yangi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu nizomga ko‘ra, banklar va ularning filiallarida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun alohida xizmat tashkil etilishi shart. Xizmatning asosiy maqsadi bankning axborot aktivlarini himoya qilish, to‘lov ma’lumotlarining noqonuniy o‘zgartirilishini oldini olish va bank hamda uning mijozlariga zarar yetkazilishining oldini olishdir.

Banklar o‘z ichki siyosatlarini ishlab chiqishi va ularni tasdiqlashi kerak, shuningdek, ularning tizimlarida ma’lumotlar bazasi sozlamalari to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Bunday talablarning amalga oshirilishi banklarning axborot xavfsizligini mustahkamlashga yordam beradi va kiberhujumlar hamda boshqa xavf-xatarlar oldini olishga xizmat qiladi.

Banklar shuningdek, quyidagi xavf-xatarlardan saqlanishlari lozim:

  • Ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirish;

  • Administrator va foydalanuvchilar parollarini bilib olish;

  • Ma’lumotlar bazasining tizim fayllariga ruxsatsiz kirish;

  • Zararli dasturlarni o‘rnatish;

  • Ma’lumotlar bazasi va serverga masofadan hujum qilish.

Tarmoqlararo ekran qurilmalari va proksi-serverlarning elektron bayonnomalari Xizmat tomonidan doimiy ravishda tahlil qilinadi. Agar tashqi hujum aniqlansa, darhol Markaziy bankka xabar beriladi. Bunday chora-tadbirlar mamlakatda banklarning axborot xavfsizligini ta’minlashga, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga va kiberxavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston banklarida axborot xavfsizligi talablari yangi bosqichga o‘tdi