Ucell kompaniyasi Huawei bilan hamkorlikda Toshkent metropolitenida mobil aloqani barqaror qilish loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu Markaziy Osiyoda birinchi marta barcha bekatlarda 5G va tunnellarda 4,5G texnologiyasi joriy etilgan loyiha bo‘ldi.
Loyiha doirasida 100 km dan ortiq optik tola, 150 km elektr kabellari tortilib, 200 dan ziyod uzatgichlar o‘rnatildi. Bu metroning eng tirband va chuqur qismlarida ham aloqaning barqarorligini ta’minlash imkonini berdi.
Endilikda metro yo‘lovchilari 142 Mbit/s tezlikda qo‘ng‘iroq qilish, videolarni tomosha qilish va internetdan foydalanish imkoniga egalar. Bu esa shahar transportida yuksak texnologiyalarni joriy etishda yangi bosqichni boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar