O‘zbekistonning madaniy merosi yana bir muhim tarixiy qiymatga ega artefakt bilan boyitilmoqda. XII–XIII asrlarga oid, kelib chiqishi G‘aznaviylar davriga borib taqaladigan noyob buyum — gulbarg shaklidagi qo‘rg‘oshin idish Londondan yurtimizga qaytarilmoqda.
Ushbu noyob topilma uzoq yillar davomida Londonning mashhur Orfey galereyasida saqlanib kelgan. Endi esa ushbu artefakt Vatanimizga qaytib, Islom sivilizatsiyasi markazining eksponatlari qatorida namoyish etiladi.
Idishning o‘ziga xosligi uning nafaqat shaklida, balki tarixiy ahamiyatida ham namoyon bo‘ladi. Mutahassislarning aytishicha, u o‘rta asrlarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sha davr hunarmandchilik madaniyati va san’atining yorqin namunasidir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda tarixiy merosni asrab-avaylash va jahondan yurtimizga tegishli asarlarni qaytarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda xorijda saqlanayotgan bir qator kitoblar, qo‘lyozmalar va san’at asarlari yurtimizga olib kelindi.
O‘rta asr artefakti Londondan yurtimizga qaytarilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar