Har yili 5 sentyabr butun dunyoda Xalqaro xayriya kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana bejizga tanlanmagan: aynan shu kuni o‘z umrini qashshoq va muhtojlarga yordam berishga bag‘ishlagan buyuk inson – Tereza ona hayotdan ko‘z yumgan. U insoniyatning yuzidagi dard va qiyinchiliklarni yengillatish uchun butun umrini bag‘ishlagan, millionlab insonlarga umid bag‘ishlagan.
Tereza ona 1979 yilda Tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan edi. Uning faoliyati qashshoqlikka qarshi kurashish, ezgulikni keng yoyish va insonlarga mehr-shafqat ko‘rsatishdagi beqiyos xizmatlari bilan tarixga kirdi. Uning “Biz barcha uchun katta yaxshilik qila olmaymiz, ammo kichik ishlar orqali katta muhabbat ko‘rsata olamiz”, degan fikri butun dunyoda shiorga aylanib ulgurgan.
Xalqaro xayriya kunining asosiy maqsadi – jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytirish, xayriya tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash hamda butun dunyo miqyosida qashshoqlik, ochlik, ta’lim yetishmasligi va salomatlik bilan bog‘liq muammolarga yechim topish uchun barchani birlashtirishdir.
Bugungi kunda xayriya tushunchasi faqat moddiy yordam bilan chegaralanmaydi. Inson o‘z vaqti, bilimlari, tajribasi va hatto mehrini ham xayriya sifatida ulashishi mumkin. Masalan, kichik yoshli bolaga kitob sovg‘a qilish, qariyaning yukini yengillatish yoki uysiz hayvonga oziq berish – bularning barchasi chin ma’noda ezgulik hisoblanadi.
Bugungi Xalqaro xayriya kuni mehr va saxiylik ulashmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar